JUMRUTSIMON CHAKANDA

JUMRUTSIMON CHAKANDA (Hippophae rhamnoides L.) MDH florasida keng tarqalgan. Tanasi va novdalarning po‘stlog‘i sariq-qo‘ng‘ir yoki qora. Chakanda erta bahorda (mart-aprel oylarida) barg yozishdan oldin yoki bir vaqtda gullaydi. Mevasi pushti novvoti yoki qizil rangda bo‘lib, sentyabr oyida yetiladi. Chakanda ildizidan bachkilaydi, parxish yo‘li va yog‘ochlashgan qalamchalari bilan ko‘payadi. Uning areali nihoyatda keng, MDH da Boltiq bo‘yi hududlarida, Moldaviyada, Qora dengiz bo‘yida, Shimoliy Kavkazda, Zakavkazeda, G‘arbiy va Sharqiy Sibirda hamda Markaziy Osiyoda uchraydi. O‘zbekistonda Zarafshon daryosining o‘rta oqimida chakandaning yirik tabiiy butazorlari mavjud (64 ga) va qo‘riqxona sharoitlarida yaxshi saqlangan. Ushbu chakandaning zarafshon populyatsiyasi arid iqlimli hududlarda o‘sishga moslashgan bo‘lib, boy genofondga ega va selektsiya ishlarida ahamiyati juda katta. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

JO'KADOSHLAR

Next Article

JUNG'OR DO'LANASI