JO‘KADOSHLAR (Tiliaceae) - ushbu oilaga 35 ga yaqin turkum va 350 ga yaqin turlar kiritilgan. Ular asosan tropik va mo‘tadil iqlimli mintaqalarda tarqalgan. MDH mamlakatlarida tabiiy holda jo‘ka turlari tarqalgan. Jo‘ka turkumiga 45 ta turga yaqin yirik daraxtlar va buta turlari kiritilgan. Jo‘ka turlari janubiy sharqiy Xitoy florasida keng tarqalgan, birgina Xitoyda uning 15 ta endemik turlari uchraydi. Jo‘ka asalga boy o‘simlik hisoblanadi. Jo‘ka turlari aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda keng qo‘llaniladi.
JO'KADOSHLAR