ILDIZ – o‘simliklarning eng muhim organi. Ildiz o‘simlik hayoti uchun muhim hayotiy funksiyalarni bajaradi, u asosan tuproq tarkibidan suvda erigan oziq moddalarni so‘rib olib o‘simlikni yer ustki qismiga yetkazib beradi. Daraxtlarning ildiz tizimi tuproq qatlamiga turli chuqurlikkacha kirib boradi. O‘q ildizga ega daraxt turlarida u tuproq qatlamiga ancha chuqur kiradi, yonlama ildizlar tuproq qatlamida sayoz joylashadi. Yon ildizlar gorizontal holda o‘sib o‘q ildizga nisbatan turlicha masofalarda joylashadi. Yonlama ildizlarni atrofga gorizontal tarqalishiga sabab tuproq qatlamlarini ko‘plab egallab, undagi oziq moddalarini to‘laroq o‘zlashtirishdir. Ildizlar tog‘ yonbag‘irlaridagi tuproq qatlamlarini yemirilishdan va ko‘chishdan saqlaydi. Manba: Dendrologiya. 2012.
ILDIZ