IGNABARGLI O'RMONLAR

IGNABARGLI OʻRMONLAR - bir yoki bir nechta ignabargli turlar ustun boʻlgan daraxtzorli oʻrmonlar. Asosan Shimoliy yarimsharda tarqalgan (Boreal oʻrmonlari, Tayga oʻrmonlari). Ignabargli oʻrmonlar 2 xil o‘rmon turlariga quyuq ignabargli va siyrak ignabargli o‘rmonlarga bo‘linadilar. Quyuq ignabargli o‘rmonlar soyaga chidamli turlar archa, kedr va sibir qarag‘aylaridan hosil bo‘ladi. Siyrak ignabargli o‘rmonlar yorug‘likni yaxshi ko‘radi. Quyuq ignabargli o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati ularning yoshlarining xilma-xilligidadir. Siyrak ignabargli o‘rmonlar ko‘pincha, bir xil yoshda bo‘ladi, chunki bu turlarning soyabon ostida qayta o‘sishi yomon saqlanib qolgan. Manba: Энциклопедия лесного хозяйства. 2006. 

Next Article

IGNABARGLILAR