HAVORANG MARMARAK (Salvia lilacinocaerulea Nevski.) Janubiy Pomir-Oloyga xos kamyob endemic o'simlik. Ko'hitang tizmasida, Suvsiztog' va Boysuntog'da tarqalgan (Surxondaryo viloyati). Tog'larning o'rta qismidagi qoyalarning soyalarida o'sadi. 3000 tupi borligi aniqlangan. Urug'idan ko'payadi. Mollarning boqilishi va pichan o'rilishi tufayli kamayib ketgan. Madaniylashtirilishi haqida maʼlumotlar yo'q. Surxon davlat qo'riqxonasida muhofaza qilinadi. Manba: O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016 yil.
HAVORАNG MАRMАRАK