HINDISTON NON DARAXTI

HINDISTON NON DARAXTI (Artocarpus integrifolia L. Moraceae Lind.) – bo‘yi 30-35 m ga yetadigan, tanasi kata, ikki uyli daraxt. Mevasi katta (25 kg) oshqovoqday keladi, ovqatga qaynatib, qovurib ishlatiladi, kartoshka bilan oshqovoq orasidagi mazani beradi. Non mazasiga ham o‘xshab ketadi. Tropik Osiyo, Okeaniyada o‘sadi.