GETЕROTROFLAR

GЕTЕROTROFLAR - geterotrof organizmlar (getero… va yun. trophe — oziq) — o‘zining oziqlanishi uchun tayyor organik birikmalardan foydalanadigan organizmlar. Bu bilan geterotroflar organik birikmalarni mineral moddalar karbon, azot, oltingugurtdan sintez qiladigan avtotroflardan farq qiladi. Geterotroflarga deyarli barcha hayvonlar va odam, zamburug'lar, bakteriyalar, ayrim parazit o‘simliklar kiradi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

Prev Article

GERBARIY

Next Article

GEVЕYA