GUL

GUL - o‘simliklarning jinsiy ko‘payish organi bo‘lib, ko‘rinishi o‘zgargan novda deb ta’riflanadi. Uning o‘zgargan barglari gul qismlarini hosil qiladi. Gul joylashgan novda gulband deb ataladi, ba’zi o‘simliklarda u rivojlanmaydi, bunday gul bandsiz gul deb ataladi. Gul kosachabarg, tojibarg, changchi va urug‘chidan tarkib topadi. O‘simlikning asosiy organlari turlicha taqsimlanishi mumkin. Agar gulda changchi va urug‘chi birga bo‘lsa, bunday gul ikki jinsli bir uyli gul deb ataladi. Masalan nok, olma, o‘rik va boshqa mevali daraxtlarning guli ana shunday gul hisoblanadi. Agar changchi va urug‘chi gulda ayrim bo‘lgani holda bir daraxtning shox-shabbasida uchrasa, bir uyli ayrim jinsli deb ataladi. Agar daraxtning bitta tupida changchini gul va ikkinchi tupida urug‘chi gul bo‘lsa, ikki uyli bir jinsli daraxt deb ataladi (terak, xandon pista, tol).  Gulkurtakning hosil bo‘lishiga qarab, daraxtlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Ko‘pgina daraxt turlarida boshlang‘ich gulkurtaklar yozning oxirida-kuzda hosil bo‘ladi. Shumtol, qayrag‘och va tolda maxsus gulkurtaklar hosil bo‘lib, eman va zarangda boshlang‘ich gulkurtaklar vegetativ, ya’ni o‘suvchi novdalarda vujudga keladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

FLOWER

Русский

ЦВЕТОК

Deutsch

BLUME

Prev Article

GRЕYPFRUT