GULXAYRIBARG QORAG‘AT (Ribes malvifolium Pojark.) Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 1 metrga yetadigan buta. Iyul oyida gullab, mevasi avgust oyida pishadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Hisor tizmasida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Tog‘larning pastki va o‘rta qismlaridagi toshli yonbag‘irlar, surilmalar va qoyalarning yoriqlarida o‘sadi. Tabiatda yakka-yakka bo‘lib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Mevasi dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ko‘plab terib olinadi. Manzarali va dorivor o‘simlik sifatida oz bo‘lsa ham bog‘larda va hovlilarda ekiladi. Hisor qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Mavjud to‘plari ustidan nazorat o‘rnatish va biologik xususiyatlarini o‘rganish lozim. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
GULXAYRIBARG QORAG'AT