FITOTSENOZ

FITOTSENOZ – tashqi ko‘rinishidan, floristik tarkibidan, o‘sish sharoitidan bir xil tashqi muhit omillari bilan ham bir xil munosabatda bo‘ladigan, muayyan joyni egallagan har qanday o‘simliklar guruhi. Flora turli turlarga mansub o‘simliklardan iborat bo‘lganidek, muayyan joy o‘simliklari fitotsenozlardan iborat.