FOTOSINTEZ

FOTOSINTEZ (yunoncha, photos – yorugʻlik va synthesis – bogʻlanish), yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi mikroorganizmlar xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi va oʻzlashtiradigan quyosh energiyasini organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanishidir. Urugʻlanish jarayonida yashil oʻsimliklar yorugʻlikdagi karbonat angidrid va suvni oʻzlashtirib, organik modda hosil qiladi va kislorod chiqaradi. Fotosintetik oʻsimliklar avtotrof organizmlar guruhiga kiradi. Yashil oʻsimliklar sintez qilgan organik moddalar va ularda toʻplangan energiya boshqa organizmlarning bakteriyalardan tortib to odamgacha boʻlgan hayotiy jarayon nafas olishi uchun zarur boʻlgan modda kislorodni asosiy manbasi hisoblanadi.

Prev Article

FOTOPLANSHET

Next Article

FOTOSXEMA