FILADELFUS

FILADELFUS (Philadelphus) turkumiga kiruvchi o‘simliklar manzarali hisoblanadi. Bu o‘simliklar gullari juda chiroyli, yirik, xushbo‘y. Bu buta parklarga ekiladi. Har qanday noqulay sharoitda ham o‘sa oladi. U qishki va yozgi qalamchalaridan ko‘payadi. Turkumning 40 ga yaqin turi va 20 dan ortiq shakllari bor.