FISHЕR SHTЕRNBЕRGIYASI

FISHЕR SHTЕRNBЕRGIYASI (Sternbergia fischeriana (Herb.)M.Roem.) O‘zbekistonning janubiy mintaqalariga xos juda kam uchraydigan tur. Bo‘yi 10 sm ga yetadigan ko‘p yillik piyozli o‘simlik. Mart oyida gullab, mevasi aprelda yetiladi. Qashqadaryo viloyati, Hisor tizmasida Kitob, Shahrisabz shaharlari atroflarida, Oqsuv daryosi havzasida hamda Zarafshon tizmasining g‘arbiy qismida tarqalgan. Sharqiy Kavkazortida va shimoliy Eronda ham tarqalgan. Tog‘ oldi yonbag‘irlaridagi soz tuproqlarda o‘sadi. Soni aniqlanmagan. Urug‘idan ko‘payadi. Tabiatda bu o‘simlik tarqalgan yerlarning qishloq, xo‘jaligi uchun o‘zlashtirilishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda. O‘zR FA Botanika bog‘ida sinab ko‘rilmoqda. Kitob davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Tabiatdagi to‘plari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish va madaniy holda ekib o‘rganish lozim. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

FILADELFUS

Next Article

FITOGRAFIYA