FEDCHENKO NA’MATAGI (Rosa Fedtschenkoana Rgl.) Fedchenko na’matagi yuqori vitaminli istiqbolli na’matak turi hisoblanadi, mevasi tarkibida 6% gacha S vitamini mavjudligi aniqlangan. Tabiatda 3 metrgacha o‘suvchi buta, asosan 1500-2800 metr dengiz sathidan balandliklarda soy bo‘ylarida, archazorlarda o‘sadi. May oyida gullaydi, mevasi sentyabr oyida pishib yetiladi. Mevasi qizil rangda, butilkasimon, noksimon shaklga ega. Urug‘idan ko‘payadi, sentyabr boshlarida terilgan mevalaridan ajratib olingan urug‘lar darhol stratifikatsiya qilinib, kech kuzda ko‘chatzorga ekiladi. 2-3 yoshida hosilga kiradi, sanoat plantatsiyalari uchun istiqbolli tur hisoblanadi.
FEDCHENKO NA’MATAGI