ECHKITOL (Salix caprea L.) daraxt yoki buta bo‘yi 8-10 m, tanasi to‘g‘ri, po‘stlog‘i silliq, yashil bo‘lib, so‘ng yorilib ketadi. Mevasi aprel-may oyida yetiladi. Urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Vegetativ usulda sekin ko‘payadi. Echkitol MDH ning deyarli barcha hududlarida tarqalgan. U ignabargli o‘rmonlarda aralash holda o‘sadi va ikkinchi yarusni tashkil qiladi. Echkitol boshqa tollarga nisbatan soyasevar daraxtdir. Po‘stlog‘ida 16% tannin moddasi bor. Yog‘ochi qurilishda va har xil asbob-uskunalar yasashda ko‘p ishlatiladi. Novdalaridan savat to‘qiladi. Manzarali daraxt sifatida ekiladi. Manba: Dendrologiya. 2015
ECHKITOL