ESАNBАYEV ShАMSI 1951-yilning 15-aprelida Samarqand viloyatining Urgut tumani Vatikan qishlog‘ida tavallud topgan. 1979-yilda Toshkent qishloq xo‘jalik institutining o‘simliklarni himoya qilish fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1978-yilda institutning komsomol komiteti idiologiya ishlari bo‘yicha kotiblikdan boshlagan. 1982-yildan o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi assistenti, 1993-1998-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Sh. Esanbayev 1990-yilda Moskvada А.Temiryazev nomidagi qishloq xo‘jalik akademiyasida “Биологическое обоснование мероприятий по борьбе с городском усачом (Aeolesthes sarta Solsk)” nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va unga biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi. 1998-yildan Toshkent davlat agrar universiteti entomologiya va o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritdi.
1999-yildan O‘zbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi markaziy komiteti raisi bo‘ldi. 2012-yil ToshDАU o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi va shu yili o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi dotsenti lavozimida ishladi.
2015-yil O‘simliklar himoyasi va karantini kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2017-yil universitetning O‘simliklarni zararkunandalardan himoyasi va karantini kafedrasi dotsenti, 2021-yil o‘simliklar karantini va himoyasi kafedrasi dotsenti bo‘lib ishladi.
2022-yildan u shu kafedra professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 170 dan ortiq ilmiy ishlar chop ettirgan, jumladan 6 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 8 ta uslubiy qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatma, 120 ta ilmiy maqolalar. Shulardan 7 ta ilmiy maqola skopus bazasiga kiritilgan ilmiy maqolalar hisoblanadi.
Pedagogik jarayonda uning “Manzarali o‘simliklar entomologiyasi” (2021), “O‘rmon daraxtlari zararkunandalari va kasalliklari” (2021), “O‘rmon entomologiyasi” (2022), “Manzarali o‘simliklar entomologiyasi” (2022), “Lesnaya entomologiya” (2022), “Manzarali bog‘dorchilik entomologiyasi” (2024) kabi darsliklari chop etilgan.
Sh. Esanbayev 2008-yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining “Ehtirom” nishoni bilan taqdirlangan. 2011-yil 17-maydagi farmon bilan “O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan, 2011-yil kasaba uyushmalari kuniga 1 yil esdalik ko‘krak nishoni bilan, 2023-yil “O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoiysi” ko‘krak nishoni, 2024-yil Копланбек жоғары аграрлық-техникалык kolledjining “95-жылдық мерейтойы тес белгисимен марапатталады” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
ESANBAYEV SHAMSI