EROZION XAVFLI YERLAR - tabiiy sharoitlarning kombinatsiyasi eroziyaga qarshi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmagan holda, ulardan xoʻjalik foydalanish chogʻida tuproq eroziyasini tezlashtirish imkoniyatini yaratadigan yerlar. Faqat shamol eroziyasi (deflyatsiya) mumkin boʻlgan yerlar deflyatsion xavfli deb ataladi. Tuproqlarning eroziyaga qarshi chidamliligi koʻp jihatdan gumusning miqdori va sifat tarkibiga, karbonat tarkibiga, granulometrik va agregat tarkibiga, singdirish kompleksiga bogʻliq. Manba: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.
English
Русский
Deutsch
Prev Article