DARAXT YOG'OCHI

DARAXT YOG‘OCHI - yiqilgan daraxtning ildiz va tepa shoxlardan tozalangan tanasi, undan ajratilgan qismidir. Daraxt yog‘ochi har xil turdagi daraxtlardan yig‘ib olinadi va qobig‘isiz yetkazib beriladi. Kesilgan daraxt yog‘ochi turli maqsadlarda yog‘och ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi. Kesilgan daraxt yog‘ochi sifatini baholash o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu vizual baholash uchun mavjud bo‘lgan va uning sifati haqida to‘liq tasavvur beradigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. To‘plangan yog‘ochlar sifat talablariga qarab tartibga solinadi. Daraxt yog‘ochi sifatini belgilaydigan yog‘ochning asosiy kamchiliklari turli darajada namoyon bo‘ladigan tugunlar, chirish va egriliklardir. Daraxt yog‘ochi  sifatini baholash uchun ishlatiladigan muhim ko‘rsatkich yog‘ochning tugunsiz zonasining uzunligi hisoblanadi. Yog‘och uzunligining katta qismida yuzasiga chiqadigan tugunlar bo‘lmasa, yog‘ochning sifati yuqori bo‘ladi. Manba: Ensiklopediya lesnogo xozyaystva. 2006.

Prev Article

DARAXT YELIMI

Next Article

DARAXT YOSHI