DARAXTLARNING DЕFFЕRЕNSIATSIYASI - o‘rmonzorning shakllanish davrida daraxtning o‘sish va rivojlanishida yosh bilan bog‘liq farqlarning paydo bo‘lishi va ortishidir. Daraxtlar o‘sish va rivojlanishda bir xil bo‘lmaydi. Ba’zilari sog‘lom, katta, boshqalari zaif, ammo bo‘yi baland bo‘ladi. Farqning paydo bo‘lish sabablari irsiyat, individual o‘zgaruvchanlik va atrof-muhit sharoitlari, ayniqsa, daraxtlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tojlari yaxshi rivojlangan daraxtlar odatda yaxshi rivojlangan ildiz tizimiga ega. Daraxtlarda ham noqulay tashqi sharoitlarga nisbatan hayot uchun kurash bor. Bu davrda yog‘ochli o‘simliklarning o‘sishi va holatidagi farqlar irsiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish natijasida aniqlanadi. O‘rmonlarni parvarishlash uchun kesish vaqtida yuqori iqtisodiy va biologik xususiyatlarga ega bo‘lgan eng yetuk daraxtlar keyingi yetishtirish uchun qoldiriladi, qoniqarsiz holatda bo‘lgan daraxtlar kesiladi.
English
Русский
Deutsch
Prev Article