Daraxtlarning kasalliklari – asosan zambrug‘lar, bakteriyalar, viruslar, shuningdek jonsiz omillar ta’sirida yuzaga keladi. Ular manzarali daraxtlarga katta zarar yetkazadilar, ba’zan katta maydonlarda daraxtlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Daraxtlar ko‘plab himoya vositalariga ega: ular po‘stloq bilan qoplangan, jaroxatlarni davolay oladilar, havoga va tuproqqa turli xil moddalarni chiqaradilar, masalan zararli mikroorganizmlarga qarshi fitonsidlar va boshqalar. Daraxt kasalliklarining patogenlari odatda jarohatlar va tabiiy teshiklar orqali o‘simliklarga kirib, patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Manba: Ekologik madaniyat bo‘yicha o‘zbekcha izohli lug‘at. 2024.
English
Русский
Deutsch
Prev Article