DARAXTLARNING IQTISODIY BIOLOGIK QIYMATI - o‘rmon plantatsiyalarini parvarishlash jarayonida kesiladigan daraxtlarning iqtisodiy qiymati darajasini aniqlash. Xo‘jalik bo‘limlari bilan baholash bo‘limlari birlashib daraxtlarni a’lo, yaroqli va kesilishi kerak bo‘lganlarga turlarga saralab chiqadilar. A’lo darajadagi daraxt turiga, asosan, to‘liq yog‘ochli, tanasi novdalardan tozalangan, yaxshi shakllangan poya, yaxshi ildiz otgan, sog‘lom daraxtlar kiradi. Agar ma’lum guruhlarda sanab o‘tilgan xususiyatlarga to‘liq javob beradigan daraxtlar bo‘lmasa, ushbu bioguruhda nisbatan eng yaxshilari qoldiriladi. Yordamchi daraxtlarga tanasi va tojlari yaxshi shakllangan, tuproqni himoya qilish, tuproqni yaxshilash va boshqa funktsiyalarni bajaradigan, plantatsiyaning butunligi, barqarorligi va biologik xilma-xilligini saqlashni ta’minlaydigan daraxtlar kiradi. Shu bilan birga, biologik xilma-xillikni saqlashni ta’minlaydigan daraxtlar va boshqa o‘simliklar alohida guruhlarda qoldirilishi mumkin, ular umuman maydonning 1-2% dan ko‘p bo‘lmagan joyini egallaydi.
English
Русский
Deutsch
Prev Article