DANAKLI MЕVA - bir yoki ko‘p urug‘li bo‘lib, ochilmaydi. Meva go‘shdor, suvli, ba’zan quruq bo‘lib har xil ranglidir. Olxo‘ri, o‘rik, olcha, gilos, shumurt kabi daraxt hamda butalarning mevasi bunga misol bo‘ladi. Quruq danakli mevalar qatoriga bodom va xandon pista kiradi. Ko‘p urug‘li sersuv soxta mevalarga olma, nok, chetan, do‘lana kiradi. Mevalar inson hayotida oziq-ovqat resurslari sifatida katta ahamiyatga ega. Mevalar terilgani zahoti, quritilgan hamda qayta ishlangan (konservalangan) holida iste’mol qilinadi. Mevalar tarkibida glyukoza, saxaroza, qand moddasi, oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar va biologik faol moddalar, alkoloidlar, organik kislotalar, bo‘yovchi moddalar mavjud bo‘ladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article