Dorivor tizimgul (verbena officinalis L.) – tizimguldoshlar (Verbenaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 30–70 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Kavkaz, Markaziy Osiyoda tog‘ etaklari, tog‘lar, tekisliklar, ariq va yo‘l yoqalarida, begona o‘t sifatida bog‘larda, ekinzorlarda o‘sadi. Xalq tabobatida yer ustki qismi qo‘llaniladi. Tarkibida glikozidlar (vorbenalin va b.), saponinlar, alkaloidlar, efir moyi va b. moddalar bor. Qaynatmasi xalq tabobatida turli kasalliklar (bosh va qorin og‘rig‘i, isitma, taloq shishi, qo‘tir, shishlar, lat yeb momataloq bo‘lgan joylar va b.)ni davolashda hamda siydik haydovchi, antiseptik vosita sifatida ishlatiladi. Manba: Qishloq xo'jaligiga oid lug'atning izohli lug'ati. 2023.
DORIVOR TIZIMGUL