DORIVOR ROZMARIN

Dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis L.) – labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 1,5–2 m ga yetadigan doim yashil buta. Vatani O‘rtayer dengizi bo‘yi mamlakatlari, Qrim, Kavkaz va ba’zan Markaziy Osiyoda manzarali va xushbo‘y o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Tibbiyotda yosh novdalari ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, triterpin birikmalar, alkaloidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Tibbiyotda og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘langanida uni chayish va chipqonlarni davolash uchun qo‘llaniladi. Bargidan bod kasalligida vanna qilinadi. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид луғатнинг изоҳли луғати. 2023.

Prev Article

DORIVOR QORATOMIR

Next Article

DORIVOR SAFROO'T