DORIVOR SAFROO'T

Dorivor safroo‘t (gratiola officinalis L.) – sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 20–60 sm keladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. MDH davlatlarining Yevropa qismi, Kavkaz, Markaziy Osiyo va G‘arbiy Sibirdagi suv bo‘ylarida, sholipoyalarda, nam yerlarda o‘sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida glikozidlar, alkaloidlar, saponinlar, flavonoidlar, kukurbitatsin, Ye va U moddalar bor. Yer ustki qismi Zdrenko yig‘masi tarkibiga kiradi. Xalq tabobatida o‘simlik damlamasi (yoki qaynatmasi) surgi, siydik va gijja haydovchi vosita sifatida, bavosil, podagra, sarg‘ayma, yaralarda va vena qon tomirlarini kengaytirish uchun hamda jigar, taloq, shuningdek teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид луғатнинг изоҳли луғати. 2023.