Dorivor tirnoqgul (calendula officinalis L.) – murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, bo‘yi 30–50 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. G‘arbiy Yevropa qismining janubiy nohiyalarida, Krasnodar o‘lkasida, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Poltava va Moskva viloyatlarida o‘stiriladi. Tibbiyotda guli ishlatiladi. Tarkibida ko‘p miqdorda karotin, efir moyi, shilliq, oshlovchi va achchiq moddalar, flavonoidlar, organik (olma, salitsil) kislotalar, birikmalar bor. Dori preparatlari damlamasi, tindirmasi (nastoykasi), «Kalendula» surtmasi va kaleflon turli yaralar va kuygan joylarni davolash, stomatit, angina, tomoq kasalliklarida og‘iz va tomoqni chayish uchun, shuningdek gastrit, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi hamda jigar kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi. Manba. Qishloq xo'jaligiga oid lug'atning izohli lug'ati 2023.
DORIVOR TIRNOQGUL