DUKKAKLI MЕVA

DUKKAKLI MЕVA dukkaklilar oilasiga mansub oq akatsiya, qum akatsiyasi, yapon saforasi, amorfa, gledichiya va boshqa daraxt-butalarga xosdir. U bitta mevachi bargdan iborat bo‘lib, qorin va orqa choki bo‘ylab ochiladi. Mevasi bir uyali ko‘p urug‘lidir. Ba’zi turlarda dukkak yetilganda pillalari ochilib, urug‘lari kuch bilan atrofga sochiladi, so‘ng pillalari buralib qoladi. Dukkaklilarning ayrim turlari 1-2 urug‘li, ochilmaydigan bo‘ladi.

Prev Article

DROBOV TANGAO'TI

Next Article

DURYAN