Duryan (Durio zibethinus) - baobabdoshlarga mansub mevali daraxt. Bo‘yi 20-25 m, barglari tuxumsimon butun, gullari soyabonsimon to‘pgullarga to‘plangan. Mevasi 3 kg gacha boradi, usti tikanakli. Mevasining ichida 5 ta uyacha va har uyachada 3 tadan urug‘ bor.
DURYAN