DЕNDROLOGIYA (grekcha dendron – daraxt, logos - fan) botanikaning bir qismi bo‘lib, daraxt va butalarning sistematikasini, biologik va ekologik xususiyatlarini, evolyutsiyasini, morfologik va anatomik tuzilishini, fiziologiyasini, geografik tarqalishi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganadi. Dendrologiya fan sifatida bir tomonda o‘simliklarning morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bog‘langan bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘ziga yaqin bo‘lgan fanlar – o‘rmonchilik, o‘rmon taksatsiyasi, o‘rmon seleksiyasi, madaniy o‘rmonlar va o‘rmon melioratsiyasi kabi maxsus fanlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Dendrologiya fan sifatida daraxt – butalarni har tomonlama o‘rganib, ularni har birini turli sharoitlarda qaysi usulda va qanday maqsadlar uchun yetishtirish kerak degan savolga javob topib beradi. Dendrologiya o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon melioratsiyasi va manzarali bog‘dorchilikning amaliy talablarini bajarish uchun xizmat qiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article