DЕYARLI SULISIMON KIRPIO‘T (Acantholium subavenaceum Lincz) Nurota tizmasidagi kamyob endemik tur. Diametri 30-40 sm gacha yetadigan, yarimshar shaklidagi tikanli yostiqsimon yarim buta. Iyulda gullab, mevasi avgust-sentyabr oylarida yetiladi. Samarqand va Navoiy viloyatlari: Nurota tizmasining markaziy qismida tarqalgan (Sentobsoy, Ustuksoy). Tog‘ning o‘rta qismidagi toshli, quruq yonbag‘irlarda o‘sadi. Tabiatda kichik maydonda (taxminan 20-25 km2) tarqalgan. Yakka holda, ba’zan kichik to‘p bo‘lib uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlikning umumiy soni va tuplarining holati maxsus o‘rganilmagan. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Nurota qo‘riqxonasidagi himoya maydonida o‘sadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
DЕYARLI SULISIMON KIRPIO'T