CHETAN (Sorbus L.) turkumiga daraxtlar kiradi. Ularning shox-shabbasi yoyiq, shoxlari va tanasining po‘stlog‘i silliq, barglari yonbargchali, navbat bilan joylashadi, kuzda to‘kilib ketadi. Gullari oq yoki oq-sariq, ular yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Ular ikki jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi yumaloq yoki oval shaklda olmaga o‘xshash qizil yoki sariq, ko‘p urug‘li. Chetanning 80 ta turi mavjud, ulardan, 34 tasi MDH da tabiiy holda o‘sadi, O‘zbekistonda 2 ta chetan turi tog‘li hududlarda tabiiy tarqalgan.
CHETAN