CHINOR (Platanus) turkumi vakillari yopiqurug‘lilarning eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Chinorlar tez o‘sishi bilan ajralib turadi, 30–40 m balandlikkacha o‘sib tekis rivojlangan tanasiga ega bo‘ladi. Barglari yirik, shakliga ko‘ra zarang barglariga o‘xshash. Mevalari dumaloq sharchalar sentabr – oktabrda pishib yetiladi va bahorgacha daraxtda saqlanadi. Bahorda ular atrofga yoyilib shamol yordamida tarqaladi. Urug‘lari mayda 1 kg urug‘larida 140 – 150 ming dona urug‘ bo‘ladi. Markaziy Osiyoda quyidagi chinor turlari tarqalgan. Manba: Dendrologiya. 2012.
CHINOR