BALAND BO'YLI ARCHA

BALAND BO‘YLI ARCHA (Juniperus excelsa M.B.) bo‘yi 15 ga yetadigan, shox-shabbasi zich, tuxumsimon yoki keng piramida shaklda daraxt bo‘lib, shoxlari egilib, yerga tegib turadi. Ninabarglari ingichka, nozik, zangori rangda. Bir uyli yoki ikki uyli daraxt. Qubbalarining diametri 1,5 sm bo‘lib, ular oval shaklda, yashil rangda yetilganda to‘q qizil rangga kiradi. Unda 3-8 dona urug‘ rivojlanadi. Bu archa urug‘dan ko‘payadi. U issiqsevar, sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. Toshli, ohakli quruq tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Archa 500 yilgacha yashaydi. U yaproqli va boshqa ninabargli daraxtlar bilan birga o‘sib, qalin o‘rmonzorlar hosil qiladi. Baland bo‘yli archa MDH da, Qrim, Kavkazortida, Qora dengiz bo‘ylaridagi tog‘li xududlarda, Bolgariyada, Kichik Osiyoda tarqalgan. U Odessada, Kiyevda, Poltavada va boshqa shaharlarda manzarali daraxt sifatida keng ekiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

BAKTЕRITSIDLAR

Next Article

BALXI TUT