BINAFSHARANG ASTRAGAL (Astragalus centralis E.Sheld) Qizilqumdagi kamyob endemik tur. Bo‘yi 5-10 sm orasidagi oqtuklar bilan qoplangan bo‘tana. May oyida gullab, may-iyun oylarida meva beradi. Buxoro va Navoiy viloyatlari, Qizilqumda (Quljuqtog‘, Oqtog‘, Oqtoshli va Oyoqg‘ujumdi atroflarida) tarqalgan. Qoyalarning yoriqlarida, ohaktoshli va toshli, tosh-shag‘alli, ba’zan mayda tuproqli-shag‘alli qoldiq tog‘larning yonbag‘irlarida o‘sadi. 1200 ga yaqin tupdan iborat beshta populyatsiyasi aniqlangan. Urug‘idan ko‘payadi. O‘zR FA Qizilqum cho‘l stansiyasi kolleksiya maydonida ko‘paytirishga qaratilgan urinishlar natija bermagan. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Quljuqtog‘ni muhofaza etiladigan hududlar qatoriga kiritish tavsiya etilgan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
BINAFSHARANG ASTRAGAL