BARG O'ROVCHILAR

BARG O‘ROVCHILAR (Tortricidae) - mayda yoki o‘rtacha kattalikdagi kapalaklar oilasi. Barg o‘rovchilar hayot kechirish xususiyatlariga ko‘ra tuxum davrida qishlovchi, 2-3 yoshdagi qurtlik davrida qishlovchi, katta yoshdagi qurtlik holida qishlovchi turlarga bo‘linadi. Barg o‘rovchi qurtlari oziqlanish tipi va yashash joylariga binoan 3 guruhga bo‘linadi: po‘stloq ostida yashab, yog‘ochli qismini zararlovchi ksilofitlar; barglar bilan oziqlanib, meva sirtiga zarar yetkazuvchi fillofitlar; meva ichida hayot kechiruvchi kaprofitlar (mevaxo‘rlar)ga bo‘linadi. Barg o‘rovchi o‘simliklarning kurtagi, shonasi, tojbarglari, yosh novdalari va mevalariga zarar yetkazib, o‘rmon mevali daraxtlar hosilini 80% gacha kamaytirishi mumkin. Turli mamlakatlarda barg o‘rovchining 5000 turi ma’lum, O‘zbekistonda 20 turi aniqlangan. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

Prev Article

BARG NЕKROZI

Next Article

BARG PARVONASI