BEJIRIM YURINЕYA

BЕJIRIM YURINЕYA (Jurinea gracilis IIjin) O‘zbekistonning janubiga xos endemik o‘simlik. Bo‘yi 50 sm atrofidagi ko‘p yillik o‘t. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari, Hisor tizmasining g‘arbiy tarmoqlarida, Boysuntog‘ va Ko‘hitangda tarqalgan. Tog‘ning pastki va o‘rta qismlarida toshli yonbag‘irlarda va ochilib qolgan ola jinslarda o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘ziga xos tuproq sharoitida o‘sishga moslashganligi uchun kichik maydonlarda saqlanib qolgan. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.