BARG TO'KILISHI

BARG TO‘KILISHI - o‘rmonda xazonrezgi o‘simlik barglarining tabiiy holda to‘kilish jarayoni hisoblanadi.  Barg to‘kadigan o‘simliklar (odatda daraxt va butalar) noqulay mavsum boshlanishi bilan ko‘pincha barglarini bir vaqtda, doim yashil o‘simliklar asta-sekin to‘kadi. Barg to‘kilishi jarayonining mexanizmi barg tarkibidagi geteroauksinning keskin kamayib ketishi va etilen mahsulotlarining ko‘payishi, shuningdek barg bandidagi ko‘chadigan qavatning shakllanishiga bog‘liq. Barglarning poyadan ajralib to‘kilishi barg hujayrasi qobig‘ining izdan chiqishi va o‘tkazuvchi naylarining uzilishi oqibatida sodir bo‘ladi. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.

English

DEFALL

Русский

ЛИСТОПАД

Deutsch

LAUBABFALL

Prev Article

BARG PARVONASI

Next Article

BARGLI O'RMONLAR