BUNDUK

BUNDUK (Gymnocladus) Shimoliy Amerikada tabiiy tarqalgan. O‘zbekistonda manzarali daraxt sifatida parklarga ekiladi. Qrimda, Kavkazda, Markaziy Osiyoda, Ukrainada va MDHning Markaziy viloyatlarida madaniy holda uchraydi. U kech kuzgacha o‘sadi, shuning uchun yog‘ochlanmagan yosh novdalarini sovuq uradi. Bunduk yorug‘sevar o‘simlik. Unumdor tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli. Bundukning yog‘ochi qattiq, og‘ir, pishiq, o‘zakli bo‘lib, o‘zagi pushti rangli, zax joyda ko‘p vaqtgacha chirimaydi. Urug‘laridan sun’iy kofe tayyorlanadi. Bunduk aholi yashash joylarini va  ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish va ihota o‘rmonlari barpo qilish maqsadida Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, Qrimda, Moldaviyada va Rossiyaning janubiy yerlarida ko‘p ekiladi. U nihoyatda chiroyli daraxt, Toshkent sharoitlarida yaxshi o‘sib, hosil ham beradi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Русский

БУНДУК

Prev Article

BUJUNQAYRAG'OCH

Next Article

BUNGЕ TAKASOQOLI