BUTKOV TRIXANTЕMISI

BUTKOV TRIXANTЕMISI (Trichanthemis butkovii Kovalevsk.) G‘arbiy Tyan-Shanning juda kamyob endemik o‘simligi. Bo‘yi 40 sm ga yetadigan, yo‘g‘on, ko‘p boshchali, yog‘ochlangan kaudeksli ko‘p yillik o‘t. Iyunda gullab, mevasi iyulda yetiladi. Toshkent viloyati, Chotqol tizmasi (Oqbuloq daryosining havzasi)da tarqalgan. Tog‘ning o‘rta va pastki qismlaridagi qoyalarda o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Pichan tayyorlashda bu turning qo‘shib o‘rilishi uning qisqarib borishiga sabab bo‘lmoqda. Chotqol davlat qo‘riqxonasida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

BUTKOV KARRAGI

Next Article

BUXORO ASTRAGALI