BUTKOV KARRAGI

BUTKOV KARRAGI (Cousinia butkovii Tscherneva et Vved.) Zarafshon tizmasidagi kamyob tur.  Bo‘yi 40 sm ga yetadigan poyasi yo‘l-yo‘l chiziqli ikki yillik o‘t. May-iyul oylarida gullab, mevasi iyul-avgustlarda yetiladi. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, Zarafshon tizmasi (Urgut qishlog‘i atroflari, Samarqand tog‘lari, Oqsoy qishlog‘i atrofi)da tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Tog‘larning o‘rta va pastki qismlaridagi jarliklar, surilmalar hamda shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Tabiatda juda kam uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollarining haddan tashqari ko‘p boqilishi va xashak uchun o‘rib olinishi sabab bo‘lmoqda. Kitob davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.