BUTKOV ASTRAGALI

BUTKOV ASTRAGALI (Astragalus butkovii Popov) Hisor tizmasidagi kamyob endemik tur. Bo‘yi 4-6 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. May-iyunda gullab, meva beradi. Qashqadaryo viloyati, Hisor tizmasi Qashqadaryo havzasida, Toshqo‘rg‘on qishlog‘i atrofida uchraydi. Archazorlardagi qumtoshlarda o‘sadi. Tabiatda nihoyatda kam tarqalgan. Onda-sonda yakka tuplarini uchratish mumkin. Urug‘idan ko‘payadi. Hisor davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

BUNGЕ TAKASOQOLI

Next Article

BUTKOV KARRAGI