BUNGЕ TAKASOQOLI

BUNGЕ TAKASOQOLI (Scorzonera bungei Krasch. et Lipsch.) Qizilqumdagi kamyob endemik o‘simlik. Ildizi tugunaksimon yo‘g‘onlashgan ko‘p yillik o‘t. Aprelda gullab, urug‘i may oyida yetiladi. Qoraqalpog‘iston, Qizilqum va Sulton Uvays tog‘ida tarqalgan. Qoldiq tog‘larning qoyalarida va toshli yonbag‘irlarda o‘sadi. Juda kam tarqalgan. Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Ma’lum tuproq sharoitiga moslashganligi sababli kam tarqalgan. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

BUNDUK

Next Article

BUTKOV ASTRAGALI