BIGNONIYADOSHLAR (Bignoniaceae) oilasining vakillari daraxt, buta, liana hamda o‘t o‘simliklardir. Oila tarkibida 100 ta turkum va 500 ga yaqin tur bo‘lib, tropik va subtropik iqlimli viloyatlarda o‘sadi. Oilaning katalpa (Catalpa) turkumi ko‘p tarqalgan. Uning tarkibida 10 ta tur bo‘lib, shundan MDH da 5 ta turi ekiladi.
BIGNONIYADOSHLAR