BELOLIPOV ASTRAGALI

BЕLOLIPOV ASTRAGALI (Astragalus belolipovii Kamelin ex F.O. Khass. et N.Sulejm.) Shimoliy Pomir-Oloydagi kamyob tur. Poyasiz o‘tsimon o‘simlik, bo‘yi 30-40 sm. Barglari tikansiz, uzunligi 20-30 sm. 15-20 juft oq tukli bargchalari yon atrofiga yoyilib tushgan. Dukkagi noma’lum. Faqat Turkiston tizmasidagi Ko‘lsoy darasida o‘sishi aniqlangan (Jizzax viloyati, Zomin qo‘riqxonasi). Tog‘larning markaziy qismidagi archazorlarda o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. I.V. Belolipov tomonidan O‘zR FA Botanika bog‘ida ekib o‘stirilgan. Zomin davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.