BARANOV ASTRAGALI (Astragalus baranovii Popov) Chotqol tizmasidagi endemik tur. Bo‘yi 4-10 sm keladigan deyarli poyasiz, yer bag‘irlab o‘sadigan ko‘p yillik o‘t. Iyulda gullab, mevasi avgustda yetiladi. Toshkent viloyagi, Chotqol tizmasida, Katta Chimyon tog‘ida tarqalgan. Tog‘ mintaqasining yuqori qismida, ohaktoshli qoyalariing yoriqlarida o‘sadi. Faqat ikki joyda o‘sishi aniqlangan. Odatda urug‘idan ko‘payadi. Dam olish maskanlarining qurilishi va changi uchish uchun trassalar barpo etilishi o‘simlik soniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article