BALXI TUT

BALXI TUT (Moraseae) tutdoshlar oilasiga mansub daraxt. Vatani hozirgi Afg‘oniston. G‘arbiy va Janubiy Osiyoda ko‘p balxi tut xalq seleksiyasi yo‘li bilan yaratilgan. O‘zbekistonda asosan mevasi uchun yetishtiriladi. Bargidan ipak qurti boqishda ham foydalaniladi. Shox-shabbasi tarvaqaylab o‘sadi, balandligi va shox-shabbasining kengligi 18-20 m. Har to‘pidan 12-30 kg barg olinadi. Mevasi yangiligida va quritilgan holda iste’mol qilinadi, undan tutmayiz, tut holvasi, shinni ham tayyorlanadi. Balxi tut sovuqqa chidamli, payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

Next Article

BANAN