BAKTЕRIAL KASALLIKLAR

BAKTЕRIAL KASALLIKLAR - bakteriozlar o‘simliklarda bakteriyalar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklardir. Bakteriyalar ta’sirida o‘simlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi, to‘qima va hujayralarning fiziologik funksiyasi hamda tuzilishi o‘zgaradi. Bakteriozlar bir necha turga farqlanadi: chirish (to‘qimalarning yumshab, qurishib, parchalanib ketishi, ildiz chirishi); dog‘lar (barg yoki yosh novdalar va mevalarda dog‘lar paydo bo‘lishi); bakterial rak (ildiz, poya yoki novdalarda shish hamda yaralar paydo bo‘lishi); shira oqishi (gommoz). Bakteriyalar o‘simlik ichiga barg og‘izchalari, nektar ajratuvchi bez teshiklari yoki jarohatlangan joylardan kirishi mumkin. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.