BOBUR FLOMOIDЕSI

BOBUR FLOMOIDЕSI (Phlomoides baburii (Adylov) Adylov) Janubiy O‘zbekistondagi g‘oyat kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 40-50 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi. Surxondaryo viloyati, Kelif-Sherobod tepaliklarida tarqalgan. Ochilib qolgan ola jinslarda o‘sadi. 2009 yili 200 tupi qayd etilgan. Urug‘idan ko‘paysa kerak. Alohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.