BODOM (Amygdalus L.) turkumi doimo seleksiya predmeti bo‘lib kelgan, uning ko‘plab yirik mevali va serhosil navlari yaratilgan. Bodom mag‘zi o‘ziga xos ta’mga ega bo‘lib, oziq - ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega. Bodom mag‘zidan yuqori sifatli moy olinadi. Danak po‘chog‘i qaynatmasi ateroskleroz kasalini oldini olishda samaralidir. Bundan tashqari shirin bodom o‘rmon melioratsiyasida keng foydalaniladi, eroziyaga uchragan yerlarda bodomzorlar plantatsiya usulida barpo etilmoqda. Bodom 100 yilgacha yashaydi. Ildiz sistemasi chuqur (6 metrgacha) rivojlanadi, qurg‘oqchilikka chidamli, lalmikor yerlarda bodomzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir.
BODOM