ARALASH O'RMONLAR

ARALASH O‘RMONLAR — keng bargli va ignabargli daraxt turlari aralash o‘sadigan o‘rmonlar. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning mo‘tadil nam iqlimli tekisliklari va tog‘larining quyi mintaqasida tarqalgan. Mo‘tadil mintaqaning keng bargli ignabargli (qayin, eman, juka, zarang, qarag‘ay, qoraqarag‘ay, tilog‘och, kedr) o‘rmonlari, subtropik mintaqaning keng bargli (dafna, zaytun va b.), ignabargli (kedr) aralash o‘rmonlari va boshqa turlari bor. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.